Rossiya tunda 97 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi
Olam
−
24 iyun
7488Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzini 4 yildan beri davom ettirayotgan Rossiya kuchlari kechasi 97 dona Shahed tipidagi hujumchi dronidan foydalangan holda qo‘shni davlatga yangi zarbalar berdi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari xabar berdi.
“Hujum Rostov viloyatining Orel, Millerovo, Krasnodar o‘lkasining Kursk, Primorsko-Axtarsk, shuningdek, Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimning Chauda burnidan amalga oshirilgan”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, Ukraina qo‘shinlari mamlakat sharqi, janubi va shimolida Rossiyaning 78 ta dronini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘ldi.
“Dushmanning uchuvchisiz uchoqlarining zarbalari oltita joyda qayd etilgan”, deya qo‘shimcha qildi Ukraina Qurolli kuchlari.
Xarkovdagi tungi zarbalarda kamida uch kishi, jumladan, 15 yoshli qiz yaralangan. Portlashlar shaharning Nemishlyanskiy va Saltovskiy tumanlarida qayd etilgan. Rossiya hujumi oqibatida Sumi viloyatida uch kishi — erkak, ayol va sakkiz yoshli bola halok bo‘ldi.
Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi Rossiyaning markaziy mintaqalarida Ukrainaning 20 ta uchuvchisiz samolyotlari tutib olingani haqida xabar berdi. 14 ta dron Kursk viloyati hududida, 2 tasi Moskva viloyatida, bittadan Belgorod, Bryansk, Orel va Smolensk viloyatlari ustida yo‘q qilingan.
LiveBarchasi