Rossiya Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida harbiy inshoot qurmoqda

Olam

image_2021-07-14_12-08-33

Rossiya ishtirokida Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegarasida zamonaviy chegara postini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha uchun barcha mablag‘ ajratilgan. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.

“Ushbu loyiha amalga oshirilmoqda, barcha mablag‘lar Tojikistonga ajratilgan”, deydi Kabulov. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning may oyida Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Dushanbega safari chog‘ida ikki mamlakat tojik-afg‘on chegarasida zamonaviy chegara postini qurish to‘g‘risida bitimni imzolashi mumkinligini aytib, Moskva ushbu loyihani moliyaviy qo‘llab-quvvatlashini qo‘shimcha qilgandi.

Qayd etish kerakki, Rossiyaning Tojikistonda 201-harbiy bazasi mavjud. Rossiya ushbu bazaning imkoniyatlarini yuqori baholamoqda. Xususan, Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov ushbu harbiy inshootni nafaqat Tojikistonda, balki butun Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlashning muhim omili ekanini ta’kidlagan.

Qo‘shni Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 6 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Rasmiy Kobul harakat tarafdorlariga qarshi qarshi hujumlarni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

92

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing