Rossiya Tojikistondagi 1000 dan ortiq harbiylarini harakatga keltirdi

Olam

image

Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasining 1000 dan ortiq harbiylari mamlakatdagi soxta noqonuniy qurolli tuzilmalarni yo‘q qilish mashqlarini boshladi. Bu haqda bugun, 14 mart kuni TASS Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati tarqatgan xabarga asoslanib ma’lum qildi.

Joriy yilning 11 mart kuni baza bo‘linmalari 300 km masofani bosib o‘tib, mashg‘ulotlar o‘tayotgan Harb-Maydon poligoniga yetib borgan.

“Tojikistondagi Harb-Maydon poligonida Rossiyaning 201-harbiy bazasining 1000 dan ortiq harbiylari ishtirokida taktik o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi. 18 mart kuni bo‘lib o‘tadigan o‘quv mashg‘ulotlarining asosiy bosqichida harbiy xizmatchilar razvedka-o‘q otish va razvedka-zarba tizimlaridan foydalangan holda noqonuniy qurolli tuzilmalarni blokirovka qilish va yo‘q qilish operatsiyasini ishlab chiqadi”, deyiladi xabarda.

Taktik mashg‘ulotlar 14 – 18 mart kunlari o‘tkaziladi.

Ularda 1000 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchilar ishtirok etadi, armiya aviatsiyasi vertolyotlari ishtirokida 300 dan ortiq qurol, harbiy va maxsus texnika jalb qilinadi.

Tojikistonda joylashgan 201-harbiy baza Rossiyaning mamlakat tashqarisidagi eng yirik harbiy inshootidir. U ikki shaharda - Dushanbe va Boxtarda joylashgan. Baza motorli miltiq, tank, artilleriya, razvedka bo‘linmalari, havo hujumidan mudofaa bo‘linmalari va aloqa bo‘linmalaridan iborat.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tojikiston

Baholaganlar

1638

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing