Rossiya “Tolibon”ga boshqa siyosiy kuchlarni hukmron tuzilmalarga taklif qilishni tavsiya qildi

Olam

image

Rossiya Afg‘onistondagi muvaqqat hukumat – “Tolibon”ga hukmron tuzilmalarga boshqa siyosiy kuchlarni taklif qilishni tavsiya qilmoqda. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya diplomatiyasining 2023 yildagi yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning Qobuldagi elchixonasi “Tolibon” bilan aloqalarni to‘xtatmayapti, jumladan, ular to‘liq tan olingan hukumatga aylanishi uchun hal qilinishi kerak bo‘lgan masalalar bo‘yicha ham doimiy aloqada.

"Bu, birinchi navbatda, o‘z va’dalarining bajarilishi, ulardan asosiysi – inklyuziv hukumatni yaratish. Unda nafaqat etnik pushtunlar, balki boshqa barcha etnik guruhlar vakillari ham bo‘ladi. Balki siyosiy inklyuzivlik ham bo‘lar. Pushtunlar, o‘zbeklar, tojiklar, hazoralar bor, lekin siyosiy jihatdan ular toliblar, biz “Tolibon”ga boshqa siyosiy kuchlarni ham hukmron tuzilmaga taklif qilishni faol tavsiya qilamiz”, deydi vazir.

“Tolibon” harakati Afg‘onistonda hokimiyatni 2021 yil avgust oyi o‘rtalarida qo‘lga kiritgan edi. “Tolibon” hukumati dunyoning hech bir davlati tomonidan tan olinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Tolibon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing