Rossiya TIV O‘zbekiston elchisiga taqdimnoma kiritdi

Jamiyat

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga taqdimnoma kiritdi. Bu haqda diplomatik manbaga tayanib, TASS xabar berdi.

“O‘zbekiston elchisiga tegishli taqdimnoma kiritildi”, degan agentlik suhbatdoshi.

Qayd etish joiz, Moskvaning bunday reaksiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirovning Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning O‘zbekistondagi voqeaga “burun suqushi”ga munosabat bildirib, uni “o‘z ishlari bilan shug‘ullanishga” chaqirganidan keyin bildirildi. 

Ma’lumot uchun, taqdimnoma kiritish – bu umumiy fuqarolik va diplomatik odob-axloq qoidalariga rioya qilishga qaratilgan diplomatik amaliyot usuli.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrining Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi rus tili darsida o‘quvchisini kaltaklagani haqida xabar berilgan edi. Shundan so‘ng Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya tomoni O‘zbekiston tomonidan voqea yuzasidan rasmiy tushuntirish berishni so‘raganini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva bu masalani "eng diqqat markazida" tutmoqda.

Bunga javoban Alisher Qodirov “Bizni ichki ishlarimiz haqida bosh qotirguncha muammolarga to‘la o‘zlarining ishlari bilan shug‘ullanishsa to‘g‘ri bo‘lar edi”, degandi. O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja esa O‘zbekiston ichki ishlariga tashqaridan aralashuvni qabul qilmasligini aytdi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov esa “fikr beruvchi”, “yo‘l ko‘rsatuvchi”larga aslo ehtiyoj yo‘qligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya maktab O'zbekiston Mariya Zaxarova Botirjon Asadov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing