Rossiya tarixiy falokatni rejalashtiryapti – Zelenskiy

Olam

image

Rossiyaliklar Kaxovska GESi to‘g‘oni va agregatlarini minalashganini va soxta bayroq ostida terakt uyushtirishni rejalashtirgan. Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy shunday fikr bildirdi.

“Rossiya ataylab Ukraina janubida katta falokatga zamin yaratmoqda. Biz rossiyalik terrorchilar Kaxovka GES to‘g‘oni va agregatlarini minalashgani haqida ma’lumotlarga egamiz”, deydi Prezident Zelenskiy Yevropa kengashiga murojaatida.

Zelenskiy o‘z murojaatini quyidagi so‘zlar bilan davom ettirdi:

“Bu eng yirik energetika inshootlaridan biri. Ushbu GESning to‘g‘oni qariyb 18 million kub metr suvni ushlab turadi. Agar rus terrorchilari ushbu to‘g‘onni portlatib yuborsalar, 80 dan ortiq aholi punktlari, shu jumladan, Xerson ham tez suv toshqini zonasida qoladi. Yuz minglab odamlar jabr ko‘rishi mumkin.

Ukraina janubining muhim qismida suv ta’minoti vayron bo‘lishi mumkin. Rossiyaning ushbu terakti Zaporoje atom elektr stansiyasini sovutish uchun suvsiz qoldirishi mumkin – ZAES uchun suv Kaxovska suv omboridan olinadi. Hatto Qrimni suv bilan ta’minlash uchun qurilgan kanalning ishlashi butunlay vayron bo‘ladi. Bu Rossiyaning bizning Ukraina Qrimiga nisbatan haqiqiy munosabati.

Va umuman olganda, Rossiyaning ushbu bir teraktining halokatli ekologik, gumanitar, texnogen oqibatlari shunday bo‘lishi mumkinki, uni tarixiy falokat deb nomlashadi”.

Zelenskiy Rossiya ushbu teraktni amalga oshirish uchun hamma narsani tayyorlab qo‘yganini qo‘shimcha qildi.

“Rossiya bu falokatni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘lmasligi uchun biz zudlik bilan harakat qilishimiz kerak”, deydi u.

U Kaxovska GESiga xalqaro kuzatuv missiyasini yuborish, u yerga ukrainalik xodimlarni qaytarish, agregatlar va to‘g‘onni zudlik bilan va professional tarzda minalardan tozalashni ta’minlashga chaqirdi.

“Rossiya buni navbatdagi soxta bayroq operatsiyasini uyushtirish uchun qilyapti – terakt sodir etish va buning uchun Ukrainani ayblash”, deydi Zelenskiy.

Avvalroq Amerikaning Urushni o‘rganish instituti o‘z hisobotida Rossiya Xersondan chekinishga tayyorlanayotganini, shuning uchun Kaxovska GESni portlatib, o‘z yo‘qotishlarini xaspo‘shlash niyatida ekanini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

307

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing