Kurs UZS

USD

12 993.15

-10.8

EUR

13 619.42

65.4

RUB

143.87

0.67

Rossiya Suriya bilan muloqotni davom ettiradi

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Suriyaning yangi hukumati vakillari bilan muloqotni davom ettiradi. Bu haqda bugun, 29 yanvar kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, kecha, 28 yanvar kuni Rossiya delegatsiyasi hokimiyat almashganidan keyin ilk bor Suriya poytaxti Damashqqa tashrif buyurgan. Tashrif davomida Rossiya vakillari Suriyaning yangi hokimiyati a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazgan.

Peskov jurnalistlar bilan bo‘lgan brifingda ushbu muzokaralar haqida gapirgan. Shuningdek, u Suriya Rossiya uchun muhim davlat ekanini ta’kidlagan.

“Bu muhim sayohat, bu muhim aloqalar, chunki Suriya rasmiylari bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish va davom ettirish zarur, biz buni qilyapmiz va qilishda davom etamiz”, degan Peskov.

Bundan tashqari, undan ushbu muzokaralarda Suriya rasmiylari Rossiyadan Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asadni ekstraditsiya qilish uchun ma’lum miqdorda kompensatsiya so‘ragani haqidagi xabarlarga izoh berish so‘ralgan.

“Men buni hech qanday izohsiz qoldiraman, biz Suriya rasmiylari bilan muloqotni davom ettiramiz”, degan Kreml vakili.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Suriyaning yangi o‘tish davri hukumati Rossiya kompaniyasi bilan Tartus dengiz portini boshqarish bo‘yicha kelishuvni bekor qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Suriya muloqot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing