Rossiya Shvetsiya va Finlyandiyaga xavf solyaptimi? Moskva korchaloni tilga kirdi
Olam
−
13 aprel 2022
18656Rossiya Shvetsiya va Finlyandiyaga tahdid solayotgani haqidagi bayonotlar tashviqot va provokatsiya bo‘lib, AQSH boshchiligidagi kollektiv NATO manfaatlariga xizmat qiladi. Bu haqda Rossiya TIV matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Bu bayonotlar ahmoqlikdir. Ular faktlarga asoslanmagan, tashviqot va provokatsiyaga mos keladi. Ular bu mamlakatlar xalqlari manfaatlariga javob bermaydi va Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi kollektiv Shimoliy Atlantika ittifoqi manfaatlarini ta’minlaydi va ularga xizmat qiladi”, degan Zaxarova “Sputnik” radiostansiyasi orqali Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Ann Lindening “Rossiyaning har qanday tarzda Shvetsiya va Finlyandiyaga tahdid solishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi” haqidagi so‘zlarini sharhlar ekan.
Moskvaning turli bayonotlarini ommaga yetkazuvchi korchaloni Zaxarovaning ta’kidlashicha, bunday bayonotlarni “individual, mustaqil fikr” deb hisoblash noto‘g‘ri.
Bundan oldin Linde Shvetsiya mamlakatning NATO bilan munosabatlarining “barcha imkoniyatlarini ko‘rib chiqayotgani”, jumladan, Finlyandiyadagi hamkasblari bilan muntazam muloqotlar o‘tkazayotganini ma’lum qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, Shvetsiya va Finlyandiya joriy yilning yozidan kechiktirmay NATOga a’zo bo‘lishi mumkin. AQSH rasmiylariga ko‘ra, ikki davlatning alyansga a’zoligi NATO Tashqi ishlar vazirlari o‘rtasidagi muzokaralarda “suhbat va ko‘plab uchrashuvlarning mavzusiga” aylangan.
LiveBarchasi