Rossiya sayyoraning kelajagi – Lukashenko
Olam
−
06 iyul 2023 8522 1 daqiqa
Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Rossiyani sayyoraning kelajagi deb atadi. Bu haqda u bugun, 6 iyul kuni ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Rossiya – sayyora kelajagi. Hamma resurslar shu yerda. Rossiya ilg‘or texnologiyalarni: kosmik, yadro texnologiyalari, qurollar va boshqalarni joriy qila oladi”, deydi Lukashenko.
Belarus fuqarosi, shuningdek, Moskva o‘zini faolroq ko‘rsatishi, masalan, postsovet hududida birlashtiruvchi kuch bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, u Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, BRICS, SHHT va MDH ko‘pqutbli dunyoning ustunlaridan biriga aylanishi kerakligini urg‘ulagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lukashenko Qozog‘istonni ittifoq davlatiga qo‘shilishga taklif qilganiga javoban, Qosim-Jomart To‘qayev buni hazil deb baholab, buning hojati yo‘qligini, chunki boshqa integratsiya birlashmalari, birinchi navbatda, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mavjudligini aytgandi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr