Rossiya sanksiyalardan ko‘rilgan zararni hisoblab, YeIdan tovon undirmoqchi

Olam

image
0:00
0:00
download

Yevropa davlatlari har qanday holatda ham Rossiyaga qarshi noqonuniy sanksiyalar qo‘llash orqali uning iqtisodiyotiga yetkazilgan zararni qoplashga majbur bo‘lishini tushunishi kerak Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodin aytib o‘tdi.

“Yevropa davlatlari quyidagilarni tushunishi kerak. Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar noqonuniy hisoblanadi. Biz bu mavzuga qaytamiz va iqtisodiyotimizga keltirgan zararingizni ko‘rib chiqamiz. Siz baribir uning o‘rinin kompensatsiya qilishingiz kerak bo‘ladi. Qanday qilib va qachon – vaqt masalasi”, degan Volodin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda Yevropaning bir qator davlatlari Rossiya gazini rublga sotib olish haqida bosh qotirmoqda. Shu bilan birga, ba’zi davlatlar Yevropa Ittifoqi qaroriga ishora qilmoqda va agar u bunday harakatlarni sanksiyalarni chetlab o‘tish deb hisoblasa, to‘lash niyatida emas.

“Siz o‘zingizni Rossiya energetika resurslarining yagona iste’molchisi deb o‘ylamang. Mamlakatimizda ularni qayta yo‘naltiradigan joy bor. Ustiga ustak siz hamkor ham emassiz. Siz doimiy ravishda gaz zaxiralarini o‘g‘irlayapsiz, aslida mamlakat byudjetidan pul olmoqdasiz, ya’ni fuqarolarimizdan”, degan Volodin. 

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator davlatlarning kelajakda boshqa yetkazib beruvchilarni izlashlari haqidagi bayonotlari uzoq muddatli munosabatlarga nuqta qo‘yadi.

“Savol tug‘iladi: bizning manfaatimiz nima? Sizni qutqarishmi? Ammo bizning mamlakatimiz va xalqimizga bo‘lgan beparvo munosabatni, siz tarqatgan rusofobiyani ko‘rib, bunday istak yo‘q”, dedi Volodin.

Uning qo‘shimcha qilishicha, bugungi kunda Yevropa mamlakatlari o‘z fuqarolari oldida mas’uliyatni ko‘rsatish imkoniyatiga ega.

“Mamlakatimiz qiyinchiliklarga moslashgan. Ammo Rossiya hisobiga beg‘araz yashashga o‘rganib qolgan davlatlaringiz tayyormi, buni vaqt ko‘rsatadi”, deb ta’kidlagan Volodin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

475

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing