Rossiya sanksiyalar sabab qancha samolyotidan ayrilgani ochiqlandi

Olam

image

G‘arb davlatlari tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli Rossiya aviakompaniyalari 78 ta samolyotini yo‘qotdi. Bu haqda  Rossiya Federatsiyasi Transport vaziri Vitaliy Savelev ma’lum qildi

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat aviakompaniyalari 1 367 ta samolyotdan 78 tasini yo‘qotgan. Ularning barchasi xorijda hibsga olingan.

Savelev, shuningdek 800 ga yaqin samolyot Rossiya reyestriga o‘tkazilganini ta’kidlagan. 

Avvalroq, AQSH havo hududini barcha rus samolyotlari uchun yopganiga javoban Rossiya Federatsiyasi dunyoning 36 mamlakati aviakompaniyalariga o‘z havo hududida parvozlarni taqiqlagandi. 

Shuningdek, Yevropa Ittifoqining 27 davlati Tashqi ishlar vazirlari Rossiya samolyotlari uchun hamjamiyat havo hududini to‘liq yopgandi.

Eslatib o‘tamiz, G‘arb mamlakatlari Ukrainada boshlangan urushga javoban Rossiyani har tomondan siquvga olib, og‘ir sanksiyalarni qo‘llay boshladi. Rubl kursi quladi, Rossiya banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. Markaziy bankning xorijdagi oltin-valyuta zaxiralari bloklandi. Millarderlarning ham chet eldagi ko‘plab hisoblari muzlatildi.

Yevropa davlatlari, AQSH, Kanada Rossiya uchun o‘z havo hududini yopdi. Bu sanksiyalarga neytral davlat hisoblangan Shveysariya ham qo‘shildi. 

Bunday sanksiyalarga Rossiya ham jim qarab turmayapti. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi 15 mart kuni AQSHga qarshi javob sanksiyalarni e’lon qildi. Moskva “qora ro‘yxat”ga AQSH Prezidenti Jo Bayden, Davlat kotibi Entoni Blinken, Mudofaa vaziri Lloyd Ostin, AQSH Prezidentining o‘g‘li Xanter Bayden va boshqalarni kiritgan.

Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etish davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

256

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing