Rossiya samolyoti Qozog‘istonda qo‘lga olindi

Olam

image

Rossiyaning  “Volga Dnepr” aviakompaniyasining samolyoti bojxona hujjatlari yo‘qligi sababli Nur-Sultonda qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Qayd etilishicha, samolyot 26 iyun kuni Qozog‘iston poytaxtida qonunni buzgan uchun qo‘lga olingan. Chunki samolyot xodimlari bojxonachilarga kerakli hujjatlarni o‘z vaqtida taqdim etmagan.

“Shuning uchun aviakompaniyaga nisbatan Qozog‘istonning “Ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida”gi kodeksining 538-moddasi “Bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish” bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.

Ushbu moddaga muvofiq, aviakompaniya taxminan 61 260 tenge miqdorida jarima to‘lashi kerak.

“Aviakompaniya vakillari qoidabuzarlik sodir etganini tan oldi. Aybdorlarni ma’muriy javobgarlikka tortish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarida. 

Qozog‘iston bojxonachilari qoidabuzarlar jarimani to‘lashi va bojxona deklaratsiyasini to‘ldirishi bilanoq samolyotni qo‘yib yuborishga va’da berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, bu holat bojxona ma’muriyati sohasida keng tarqalgan va hech qanday siyosiy tusga ega emas.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Qozog'iston

Baholaganlar

1100

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing