Rossiya Samarqandda konsulxona ochadi

Olam

image

Rossiya Oqtov, Grodno, Kankun va Samarqandda konsullik idoralarini ochadi. Bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida Rossiya TIV konsullik departamenti direktori Ivan Volinkin ma’lum qildi.

“Konsullik departamenti yangi Bosh konsulliklar, shu jumladan Rossiya fuqarolarining sayyohlik oqimi ko‘paygan hududlarda ham ochish orqali konsullik mavjudligini kengaytirish ustida faol ishlamoqda. Bundan tashqari, Oqtov (Qozog‘iston), Grodno (Belarus), Kankun (Meksika) va Samarqand (O‘zbekiston) shaharlarida Rossiya konsullik idoralarini ochish rejalashtirilgan”, degan u.

Volinkinning ta’kidlashicha, hozirda “Rossiyaning Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va eng muhimi, MDHdagi elchixonalari xodimlarini tubdan oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”.

“Bu ish yanada ilg‘or bosqichda bo‘lgan davlatlar qatorida 2021 yilda tegishli hukumatlararo bitim tuzilgan Maldiv Respublikasini ko‘rsatish mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan u.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing