Rossiya safarbarlikdan qochayotganlar ro‘yxatini shakllantiryapti

Olam

image

Rossiya “maxsus harbiy operatsiya” va qisman safarbarlik fonida mamlakatni tark etganlar ro‘yxatini yuritmoqda. Bu haqda Davlat dumasi raisi Vyacheslav Volodin ma’lum qildi.

“Biz ketganlar ro‘yxatini tuzyapmiz. Ular kim ketganini, nima uchun ketganini hech kim ko‘rmaydi, deb o‘ylashyapti”, deydi siyosatchi.

Bunga javoban, Dumaning Mudofaa qo‘mitasi a’zosi Andrey Gurulev mamlakatdan chiqib ketayotgan rossiyaliklarning ro‘yxatlari yuritilmasligini, chegarani kesib o‘tgan fuqarolarning yagona ma’lumotlar bazasi mavjudligini ma’lum qildi.

“Rossiya chegarasini kesib o‘tadigan odamlar uchun yagona baza mavjud. Chegarani kesib o‘tganlar ushbu yagona ma’lumotlar bazasida o‘z aksini topgan”, deydi Gurulev.

Eslatib o‘tamiz, 21 sentyabr kuni Rossiyada safarbarlik boshlandi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning so‘zlariga ko‘ra, rezervda bo‘lgan va tegishli harbiy mutaxassislik va jangovar tajribaga ega fuqarolar muddatli harbiy xizmatga chaqiriladi.

Hukumat portalida 35 yoshgacha bo‘lgan oddiy askar va serjantlar, 50 yoshgacha bo‘lgan kichik ofitserlar, 55 yoshgacha bo‘lgan katta ofitserlar birinchi navbatda safarbar qilinishi aytilgan. Safarbarlik ortidan rossiyaliklar ommaviy ravishda vatanini tashlab, xorijiy davlatlarga chiqib ketishni boshladi.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, safarbarlik doirasida 300 ming kishini armiyaga olish rejalashtirilgan. Shuningdek, Rossiya oxirgi 10 yilda fuqarolikka qabul qilingan markaziy osiyoliklarni ham harbiy xizmatga jalb qilmoqchi ekani haqida xabar bergan edik.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

safarbarlik

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing