Rossiya Putin rahbarligida yadroviy mashg‘ulot o‘tkazdi

Olam

image

Rossiya harbiylari dushmanga qarshi yirik yadroviy zarba berish uchun o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

Kremlning ma’lum qilishicha, shaxsan Prezident Vladimir Putin rahbarlik qilgan mashg‘ulotlarda yadro uchligining barcha tarkibiy qismlari – quruqlikdagi raketalar, strategik suvosti kemalari va uzoq masofaga uchuvchi samolyotlar qatnashgan.

“Yars” qit’alararo ballistik raketasi Kamchatkada joylashgan Kura poligonidagi Plesetsk sinov kosmodromidan uchirilgan. “Sineva” raketasi esa Barens dengizidagi Tula kreyseridan uchirilgan. Kreml ro‘yxatiga ko‘ra, mashg‘ulotlarga Tu-95MS samolyotlari ham jalb qilinib, ular orqali qanotli raketalar ishga tushirilgan.

“Mashg‘ulotlar Qurolli Kuchlarning “o‘quv rejasiga muvofiq” bo‘lib o‘tdi – “dushmanning yadroviy zarbasiga javoban” zarba berish amaliyoti o‘tkazildi”, deb hisobot topshirgan Mudofaa vaziri Sergey Shoygu Putinga. 

Kreml matbuot xizmatiga ko‘ra, mashg‘ulotlar davomida rejalashtirilgan vazifalar "to‘liq bajarilgan".

Eslatib o‘tamiz, Ukraina bilan urushning birinchi kunlarida Putin Rossiya strategik kuchlarini maxsus jangovar ogohlantirish rejimiga o‘tkazishini e’lon qilgan, shuningdek, uning rejalariga aralashishga harakat qiladigan davlatlarga xunuk oqibatlar bilan tahdid qilgan edi. Kaliningraddagi rus harbiylari Yevropa davlatlariga taktik yadroviy zarba berish ehtimolini simulyatsiya qilib, “Iskandar” majmualari bilan bir necha bor mashg‘ulotlar o‘tkazdi.

Shundan so‘ng, AQSH va uning ittifoqchilarining razvedka xizmatlari Ukraina hududiga ehtimoliy yadroviy zarbaga tayyorgarlikni kuzatish uchun Rossiya ustidan nazoratni kuchaytirdi. Chunki Putin Ukrainaga safarbarlik boshlanishi munosabati bilan xalqqa qilgan murojaatida Rossiya hukumati o‘z hududlarini himoya qilish uchun “ixtiyorida bo‘lgan barcha vositalarni” ishga solishga tayyorligini, “bu blef emas”ligini ta’kidlagan edi.

Rossiya Prezidenti yadro quroli haqida gapirar ekan: “To‘g‘risini aytganda, yadroviy urush xavfi kuchaymoqda. Rossiya yadro qurolini mudofaa vositasi, javob zarbasi uchun imkoniyat deb biladi”, deya fikr bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin yadro quroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing