Rossiya Ozarbayjonni to‘xtatish haqidagi chaqiriqlarga nima deydi?

Olam

image

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Bakuning Qorabog‘dagi operatsiyasi fonida Armanistonning Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishiga e’tibor qaratdi. 

 U o‘zining Telegram-kanalida Yerevanning BMT Xavfsizlik Kengashi va Moskvaga Ozarbayjonning “tajovuz”ini to‘xtatish choralarini ko‘rish haqidagi chaqirig‘iga qisqa javob berdi.

"Rasmiy Yerevan Qorabog‘ning Ozarbayjonga tegishliligini tan olgani haqida nima deyish mumkin?" deb yozgan Zaxarova.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning may oyida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan armanlar xavfsizligi ta’minlangan taqdirda (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ni Ozarbayjonning bir qismi sifatida tan olishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Pashinyan o‘shanda hududiy yaxlitlik xalqaro munosabatlarda birlamchi va eng muhim tamoyilga aylanib ulgurganini bildirib, Yerevan tan olishga tayyor bo‘lgan Ozarbayjon hududiga Qorabog‘ ham kirishini aytib o‘tgandi.

“Ozarbayjonning 86,6 ming kvadrat kilometr maydoniga Tog‘li Qorabog‘ ham kiradi, ammo Stepanakert-Baku muloqotida Tog‘li Qorabog‘ armanlarining huquqlari va xavfsizligi masalasi muhokama qilinishi kerak”, degan edi Pashinyan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 19 sentyabrga o‘tar kechasi Qorabog‘da noqonuniy qurolli guruh a’zolari tomonidan o‘rnatilgan mina bir necha ozarbayjonliklarning hayotiga zomin bo‘lgandi. Shundan so‘ng, Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. Baku tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi nishon emasligini ta’kidlagandi. Keyinchalik Ozarbayjon Mudofaa vazirligi xavfli hududdan aholini evakuatsiya qilish uchun gumanitar yo‘laklar va qabul punktlari yaratilganini bildirgan. Voqealar fonida Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Xavfsizlik kengashi yig‘ilishini o‘tkazib, (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyatni muhokama qilgan. Armaniston TIV esa Ozarbayjonni (tan olinmagan) Tog‘li Qorabog‘ aholisiga qarshi “keng ko‘lamli tajovuz”ni boshlaganlikda ayblagan.

Akobir Sayidov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing