Rossiya oliygohlarida o‘zbekistonlik talabalar uchun kvotalar ko‘paytiriladi

Jamiyat

image

Rossiya va O‘zbekiston o‘zbekistonlik talabalar uchun Rossiya oliy ta’lim muassasalarida kvotalar sonini oshirish ustida ish olib bormoqda. Bu haqda Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Vladimir Tyurdenev ma’lum qildi.

“Bo‘lib o‘tgan saralash kampaniyasida O‘zbekiston uchun hukumat kvotasining 228 ta o‘riniga 4 mingdan ortiq nomzod ariza topshirgan, bu esa  kvotani oshirish zarurligidan dalolat beradi. Biz bu yo‘nalishda tegishli ishlarni amalga oshiryapmiz”, dedi Tyurdenev Toshkentda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

Elchining ma’lum qilishicha, bugungi kunda Rossiya OTMlarida 30 mingdan ziyod o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda. Umuman olganda, Rossiyada O‘zbekiston bu ko‘rsatkich bo‘yicha xorijiy davlatlar orasida yetakchilik qilmoqda.

Shuningdek, Tyurdenev Rossiya OTMlarining  O‘zbekistondagi filiallari tarmog‘ini izchil kengaytirish masalasiga ham e’tibor qaratdi. Xususan, yaqinda Toshkentda Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti filiali va Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) vakolatxonasi  ochildi.

Elchi RUDN O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasidagi kelishuvga asosan migrantlarni o‘qitish uchun qo‘shimcha umumta’lim dasturlarini olib borayotganini eslatdi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM talaba

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing