Rossiya neftining O‘zbekistonga tranziti uch baravar oshirilishi mumkin

Olam

image

Qozog‘istonning magistral neft quvuri bo‘ylab milliy operatori – “Kaztransoyl” 2024 yilda Rossiya neftining O‘zbekistonga tranzitini uch baravar – 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha oshirish niyatida. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

“Sanoat Energetika Guruhi” kompaniyasi (O‘zbekiston Respublikasi) “Kaztransoyl” AJga 2024 yil uchun 500 ming tonna Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilish bo‘yicha ariza topshirgan, bu ko‘rsatkichni 1 million tonnagacha oshirish imkoniyati mavjud”, deydi “Kaztransoyl” AJ transport departamenti direktori Abay Beysembayev.  

Shu munosabat bilan 2024 yilda Rossiya neftini Qozog‘iston hududi orqali O‘zbekistonga tranzit qilish hajmini 500 ming tonnagacha oshirish kutilmoqda.

2023 yilda “Kaztransoyl” AJ magistral neft quvurlari tizimi orqali Rossiya neftini O‘zbekistonga olib o‘tishning kutilayotgan hajmi 154 ming tonnani tashkil etadi. 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida “Kaztransoyl” AJ O‘zbekistonga 104 ming tonna Rossiya neftini tranzit qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Neft'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing