Rossiya Navalniyning “dastidan” sanksiyalar ostida qolmoqda 

Olam

image

Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat tufayli AQSH Rossiyaga qarshi eksport chegaralarini kengaytirmoqda. Bu haqda AQSH Savdo vazirligi veb-saytida xabar qilindi.

“Sanoat va xavfsizlik byurosi AQSH Davlat kotibining joriy yil 2 martdagi Rossiya hukumati o‘z fuqarolariga qarshi kimyoviy yoki biologik qurol ishlatganligi haqidagi xulosalariga muvofiq Rossiyaga eksport cheklovlarini kengaytiradi”, deyiladi hujjatda.

Xususan, 18 martdan boshlab, milliy xavfsizlik sababli nazorat ostida bo‘lgan buyumlar uchun eksport litsenziyalari arizalarini ko‘rib chiqishda “rad etish prezumpsiyasi” kuchga kiradi. Rossiyaga qo‘yilayotgan sanksiyalar orasida 1 sentyabrgacha bo‘lgan istisno holatlari ham mavjud, aniqrog‘i mahsulotning ayrim turlariga, shu jumladan kosmik sanoat bilan bog‘liq bo‘lganlarga tegishli bo‘ladi.

Bundan tashqari, AQSH Davlat departamenti Rossiyani ITAR (Xalqaro qurol-yarog‘ savdosi qoidalari – tahr.) ning eksport nazorati ostidagi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Endi Rossiya Federatsiyasiga qurol eksporti va importi taqiqlanadi hamda mudofaa xizmatlarini ko‘rsatish ham mumkin bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 2 mart kuni AQSH Moliya vazirligi hamda Yevropa Ittifoqi muxolifatchi Aleksey Navalniy bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan Rossiyaning bir qator yuqori lavozimdagi amaldorlariga qarshi sanksiyalar qo‘llashi haqida qaror qabul qilgandi. Rossiya Federatsiyasi Bosh prokurori Igor Krasnov, Tergov qo‘mitasi rahbari Aleksandr Bastrikin, Jazoni ijro etish Federal xizmati boshlig‘i Aleksandr Kalashnikov , Mudofaa vaziri o‘rinbosarlari Aleksey Krivoruchko va Pavel Popov hamda Rosgvardiya qo‘mondoni Viktor Zolotov sanksiya ro‘yxatiga tushgan.

Bundan tashqari, 45 mamlakat tomonidan imzolangan Navalniyni ozod qilish haqidagi bayonot BMTning Jenevadagi Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga taqdim etilgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2 fevral kuni Moskvaning Simonovsk sudi Aleksey Navalniyning “Iv Roshe” ishi bo‘yicha shartli hukmini haqiqiy jazo bilan almashtirdi. Muxolifatchi 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi. Bundan tashqari, sud Ikkinchi Jahon urushi faxriysiga qarshi tuhmat holati bo‘yicha Aleksey Navalniyga 850 ming rubl miqdorida jarima ham solgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

185

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing