Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy zaharlandi
Jamiyat
−
20 avgust 2020
8129Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniy zaharlanib, shifoxonaga yotqizildi. U hozir koma holatiga tushib qolgan. Ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Navalniy Omskdagi 1-sonli tez tibbiy yordam shifoxonasiga yotqizilgan. Siyosatchi sun’iy nafas olish apparatiga ulangan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash fondi Matbuot kotibi Kira Yarmish Twitter sahifasida ma’lum qildi.
“Aleksey avvalgidek IVL apparatiga ulangan. U komada, ahvoli og‘ir. Tahlil natijalari hali chiqmadi”, degan u.
Navalniy komadaligini uni davolayotgan shifokor Anastasiya Vasileva ham tasdiqladi.
“Men hozir Omskka uchyapman. Dastlabki tashxis qo‘yolmayman. U hozir komada IVLga ulangan. Shifokor bilan gaplashishga qo‘yishmayapti, ammo Alekseyda hech qachon hech nimaga allergiya bo‘lmagan”, degan Vasileva.
Omsk viloyati Sog‘liqni saqlash vazirligidan ma’lum qilinishicha, navalniyning ahvoli og‘ir.
Ma’lumot uchun, Navalniy Tomsk aeroportidan samolyot uchganidan keyin toib qochgan. Samolyot zudlik bilan Omskda qo‘ngan.
LiveBarchasi