Rossiya moliya tizimi inqirozga yaqinlashdi

Olam

image
Xalqaro bozorlardagi vahimaning so‘mga ta’siri qanday? Qo‘chqorov javob berdi north_east

Xalqaro bozorlardagi vahimaning so‘mga ta’siri qanday? Qo‘chqorov javob berdi

Dunyo fond bozorlari “quladi”. Tramp aybdorlar kimligini aytdi north_east

Dunyo fond bozorlari “quladi”. Tramp aybdorlar kimligini aytdi

Rossiya moliyaviy tizimining inqirozga qanchalik yaqin kelganini ko‘rsatuvchi Tahliliy kredit reyting agentligi (TKRA) tomonidan yuritiladigan Moliyaviy stress indeksi xavfli hisoblangan 2,5 punktdan oshib ketdi.

TKRA rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, Rossiya moliya tizimidagi inqiroz xavfi 3,12 punktga yetdi. Bunga koronavirus tarqalishi va dunyo bozorida neftga talabning tushib ketishi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

TKRAning ta’kidlashicha, OPEC+ kelishuvi barbod bo‘lgach, rubl keskin qadrsizlangan, buning ortidan mamlakat fond bozorlarida tushish yuz bergan. Ikki kunan beri Rossiyaning neft-gaz sohasidagi yetakchi kompaniyalari aksiyalari arzonlashyapti.

Agentlik indeks ko‘rsatkichi oshgani moliya tizimi inqirozga uchraganini ko‘rsatmaydi, shunchaki voqealar rivoji shunday tus olishi mumkinligidan darak berishini qayd etgan.

Kecha, 10 mart kuni neft narxi keskin tushishdan keyin biroz ko‘tarildi va bir barrel Brent markali neft 37,84 dollarga, bir barrel WTI narxi esa 34,67 dollarga yetdi.

Buning ortidan rubl ham o‘zini biroz o‘nglab oldi. Seshanba kuni bir dollar 71,40 rublga, bir yevro 80,59 rublga teng bo‘ldi.

Dunyoda neft narxining tushishi iqtisodiyoti “qora oltin”ga bog‘liq bo‘lgan Rossiya, Venesuela, Saudiya Arabistoni kabi davlatlarga jiddiy zarar yetkazadi. Bu holat neftga bog‘lanib qolmagan bo‘lsa-da AQSHga ham zarar yetkazyapti.

Ba’zi ekspertlar neft narxi 1 hafta davomida barreliga 30 dollar bo‘lib tursa, Rossiya iqtisodiyoti izdan chiqishi mumkinligini taxmin qilyapti. O‘z navbatida Rossiya moliya tizimi rahbarlari mamlakat neft narxi 30 dollar bo‘lgani holda bir necha yilgacha barcha ijtimoiy va xalqaro majburiyatlarini bajara olishini ta’kidlayapti.

Ma’lumot uchun, Rossiya yalpi ichki mahsulotining 15 foizi neftga to‘g‘ri keladi. Neft narxninig bu zaylda pasayishi mamlakat iqtisodiyotiga asoratli zarba berishi aniq. Masalan, AQSHDa vaziyat biroz boshqacha. Amerika YAIMda neft-gaz sanoatining ulushi 7 foizga teng. Shu bilan birga, AQSHda neft qazib olish texnologiyasi yaxshi va arzonga tushadi. Daromad esa yuqori bo‘ladi. Shuning uchun, Amerikada neft qazib olish hajmini qisqartirish u qadar og‘ir kechmaydi, deb taxmin qilish mumkin.

Neftning keskin arzonlashuviga esa turli maqsadlar sabab qilib ko‘rsatilyapti. Xususan, xitoylik mutaxassis Xuan Syaoyun bozordagi “qulash”ga uchta ehtimoliy sabab ko‘rsatdi. Bular, koronavirus epidemiyasi, Saudiya Arabistoni va Rossiya manfaatlari to‘qnashuvi va rasmiy Ar-Riyodning Vashington bilan raqobatga intilishi.

“Saudiya Arabistoni slanets nefti ishlab chiqarish bo‘yicha loyihlarga 100 mlrd dollar investitsiya kiritishini ma’lum qildi. AQSH bu sohada bozorning kattagina qismini egallabgina qolmay, neft qazib olishga sezilarli mablag‘ ham sarflaydi. Shuning uchun past narxlar Qo‘shma Shtatlarni bozordan siqib chiqarishga yordam berishi mumkin”, degan Syaoyun.

Saudiya Arabistonining neft narxini tushirishga kirishgani Xitoyda talabning pasaygani fonida yanada samaraliroq bo‘lyapti. Bugun,11 mart kuni ham Rossiya fond bozorlarida savdolar turlicha boshlandi. Mosbirja indeksi 1,57 foizga o‘sgan bo‘lsa, RTS 2,23 foizlik pasayish bilan ochildi. Bundan avvalroq, Yaponiyaning NIKKEI indeksi 2,3 foizga tushib ketgandi. 

Voqealar rivojini biz bilan kuzating.


Maqola muallifi

Teglar

neft' Rossiya-Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

256

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing