Xitoy sanksiyalar tufayli Rossiya nefti ortilgan tankerlarni qabul qilmayapti
Olam
−
14 yanvar
2985AQSH sanksiyalari ostida bortida 2 million barrel neft bo‘lgan uchta rus tankeri Xitoyning Shandun provinsiyasidagi portlarga yaqinlashayotganda to‘xtab qoldi. Bu haqda kecha, 13 yanvar kuni "Bloomberg" xabar berdi.
Kpler kema kuzatuvi ma’lumotlariga ko‘ra, Olia, Mermar va Huihai Pacific kemalari Rossiyaning Tinch okeanidagi Naxodka yaqinidagi Kozmino portidan Xitoyga neft olib ketayotgan bo‘lgan.
Neft tankerlarining to‘xtab qolishiga bevosita sabab sifatida Xitoy sharqidagi Shandun provinsiyasidagi yirik portlarni birlashtirgan Xitoyning Shandong Port Group port guruhi portlariga to‘xtash taqiqlangani aytildi.
AQSH sanksiyalari ostida neft kemalarining ushbu port tarmog‘iga kirishini taqiqlash to‘g‘risida bir hafta oldin "Reuters" xabar bergan.
10 yanvar kuni AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Rossiyaning energetika sektoriga qarshi eng qattiq sanksiyalarni joriy qildi. Cheklov choralari AQSH rasmiylari Rossiya tomonidan neft tashish sohasidagi sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun foydalaniladigan Rossiyaning "soya floti" tarkibiga kiruvchi 183 ta kemaga ta’sir ko‘rsatdi. Rossiya kemalari boshqa hududlarda ham neftni tushirishda muammolarga duch keldi.
"The Bell" gazetasining xabar berishicha, Cool Rover gaz tashuvchisi Ispaniya qirg‘oqlari yaqinida sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan "Gazprom" zavodidan LNG partiyasi bilan langar tashlagan. Gaz tankeri qayerga yo‘naltirilishi hozircha noma’lum.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar