Rossiya Moldova diplomatini mamlakatdan quvdi
Olam
−
10 noyabr 2022
4010Moldovaning Moskvadagi elchisi Lilian Dariy kecha, 9 noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga Kishinyov (Moldova poytaxti)dagi Rossiya diplomatik missiyasi xodimining chiqarib yuborilishiga javoban Moldova elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilgan nota topshirildi.
“9 noyabr kuni Moldova Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Lilian Dariy Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi, unga Moldovaning Moskvadagi elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilingani haqida vazirlik notasi taqdim etildi. Bu chora Moldova tomonining joriy yilning 1 noyabrida Rossiyaning Moldovadagi elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilish to‘g‘risidagi asossiz qaroriga javobdir”, deyiladi Tashqi ishlar vazirligi xabarida.
Avvalroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Moldovaning Rossiyaning Kishinyovdagi elchixonasi xodimini persona non grata deb e’lon qilish qarori Moldovaning amaldagi rasmiylari ikki tomonlama hamkorlikni yo‘q qilish kursining yana bir tasdig‘i ekanini aytgan edi.
Moldova Tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vazirligi Rossiya TIVning respublika elchixonasi xodimlaridan birini chiqarib yuborish haqidagi qarorini e’tiborga oldi.
“TIV Rossiya tomoni tomonidan tarqatilgan Moldova diplomatining Diplomatik munosabatlar to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq Moskva qarorini inobatga olgan holda mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasidan chiqarib yuborilishi haqidagi ma’lumotni tasdiqlaydi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, Moldovadagi rus diplomati joriy yilning 31 oktyabr kuni respublika hududida raketa qulashi bilan bog‘liq hodisadan keyin haydalgan.
LiveBarchasi