Rossiya migrantlarning qurilishlarga yetib olishini soddalashtirmoqchi

Olam

image

Rossiya Hukumati temir yo‘l orqali kelgan migrantlar yuqumli kasalliklarga qarshi majburiy tekshiruvdan o‘tkazilgandan so‘ng ularga qurilish maydonchalarida ishlashga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat Bosh vaziri o‘rinbosari Marat Xusnullin ma’lum qilgan.  

"Biz manfaatlar muvozanatini topishga harakat qilmoqdamiz va yirik kompaniyalar tomonidan ishchi kuchini jalb qilish mexanizmini soddalashtirishga kelishib oldik. Normativ-huquqiy hujjatlarda o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozir ular faqat havo yo‘llari orqali kelishi mumkin, biz temir yo‘l orqali kelish imkoniyatini ham ko‘rib chiqdik”, degan Xusnullin. 

U ushbu choralar ishchi kuchi yetishmovchiligining hech bo‘lmaganda bir qismini qoplashga yordam berishiga umid bildirgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda mamlakatda kamida 1 million quruvchi yetishmayapti, ularning 100 mingga yaqini Moskva viloyatiga to‘g‘ri keladi. 

Ta’kidlanishicha, ushbu defitsitni to‘ldirish maqsadida Rossiyada kadrlar tayyorlash va mutaxassislarni qayta tayyorlash bo‘yicha o‘quv markazlarini ochish rejalashtirilgan. 

Shuningdek, mahkumlarni qurilish maydonchalariga jalb qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqilmoqda. 

O‘z navbatida, Xusnullin ishchi kuchining yetishmasligi, boshqa narsalar qatori, chegaralarning yopilishi va chet ellik ishchilarni jalb qila olmaslik bilan bog‘liqligini ta’kidlagan. 

Avvalroq, Rossiya hukumati chet ellik ishchilar uchun rus tili, tarixi va qonunchiligi asoslarini bilishning minimal darajasiga qo‘yiladigan talablarni tasdiqlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrant

Baholaganlar

136

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing