Rossiya MDH davlatlari bilan aviaaloqani sentyabrdan tiklashi mumkin

Olam

image

Rossiya 1 sentyabrdan Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar bilan aviaaloqani tiklashi mumkin. Bu haqda Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi (RTOA) saytida xabar berildi.

Rossiya hozircha MDHga a’zo 4 davlat – Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Armaniston bilan aviaqatnovni tiklashga tayyor.

RTOA ma’lumotiga ko‘ra, reyslarni tiklash uchun bir qancha omillar mavjud, jumladan, Rossiyada va Hamdo‘stlik mamlakatlarida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning yaxshilangani.

Yana bir sabab sifatida MDH davlatlarining Rossiyada tayyorlangan COVID-19 vaksinasini xarid qilish niyatidaligi ko‘rsatilgan. Bu Rossiya bilan gumanitar va biznes aloqalarining tiklanishiga yordam berishi taxmin qilinyapti.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston koronavirus pandemiyasi sabab xorijiy davlatlar bilan aviaaloqani mart oyida to‘xtatgan. O‘zbekistonliklar xorijga ayrim holatlardagina chiqishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya MDH aviaaloqa

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing