Rossiya Markaziy Osiyo energetika tizimiga qo‘shilmoqchi
Olam
−
07 iyul 2025 8292 1 daqiqa
Rossiya Markaziy Osiyo mamlakatlari energetika tizimlarining parallel faoliyatiga oid bitimga qo‘shilish niyatida. Bu haqda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi portalida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hozirda Rossiyaning Yagona energetika tizimi operatori Markaziy Osiyo mamlakatlari Koordinatsion elektroenergetika kengashida (KEK) kuzatuvchi maqomiga ega. KEK tarkibiga O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston kiradi.
“Rossiya hukumati Markaziy Osiyo energotizimlarining parallel ishlashiga oid bitimga qo‘shilish va Rossiya tizim operatoriga KEKning beshinchi to‘laqonli ishtirokchisi maqomini berish ustida ish olib bormoqda. Bu energotizimlar rivoji bo‘yicha rejalarni muvofiqlashtirishga yordam beradi”, deyiladi xabarda.
Rossiya Yagona energetika tizimining tizim operatori rahbari Fedor Opadchiyning bildirishicha, dunyodagi eng yirik energotizimlardan birini boshqarish bo‘yicha Rossiyaning amaliy tajribasi energotizimlar rejalari muvofiqlashtirilishiga katta hissa qo‘sha oladi. Unga ko‘ra, tizim operatori elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash jarayonini uzluksiz boshqaradi.
Qayd etish joiz, Markaziy Osiyo yagona energotizimi 1960-70 yillarda sobiq SSSR doirasida yagona elektr tarmog‘i sifatida shakllangan bo‘lib, mintaqadagi barcha mamlakatlarni ishonchli va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadini ko‘zlagan.
Live
Barchasi