Rossiya maktablarida migrantlar bolalari qabuli qiyinlashdi
Olam
−
09 noyabr
2193Rossiyada migrantlarning bolalarini maktablarga qabul qilish jarayoni qiyinlashib, arizalarni ko‘rib chiqish muddati sezilarli darajada uzaydi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Nashrga ko‘ra, arizalarni ko‘rib chiqish muddatining uzayishi Rossiya Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan idoralararo tekshiruvlar bilan bog‘liq bo‘lib, bu jarayon avvalgiga nisbatan ko‘proq vaqt talab qiladi.
Xususan, joriy yilda tojikistonlik va o‘zbekistonlik bir necha bolalarni maktabga joylashtirishning imkoni bo‘lmagan. Ularning ota-onalari arizasi tizimda topilmayotganini bildirgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yil 270 nafar tojikistonlik bola Rossiya maktablariga qabul qilinmagan. Ularning 150 nafari birinchi sinfga borishi kerak bo‘lgan.
Moskva shahar dumasi deputati Andrey Medvedevning bildirishicha, barcha bolalar uchun maktablar ochiq bo‘lishiga qaramay, qabulda mahalliy aholiga ustuvorlik beriladi. Bundan tashqari, maktablar Rossiya Ta’lim vazirligi tavsiyasini ham inobatga oladi. Unga ko‘ra, rus tilini yaxshi bilmaydigan migrant bolalar sonini maktablarda kamaytirish zarur.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev rus tilini bilmaydigan muhojirlar farzandlarini maktabga qabul qilishni to‘xtatish vaqti kelganini aytgan edi.
LiveBarchasi