Rossiya Limanni o‘qqa tutishi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 8 iyul kuni Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaning Liman shahri o‘qqa tutilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Donetsk viloyati ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko ma’lum qildi.

Rasmiyning ta’kidlashicha, bir nechta raketa tizimlaridan shahar o‘qqa tutilgan. Hujum oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 12 kishi jarohatlangan. Bir qancha xususiy sektor, uy va do‘konlar zarar ko‘rgan.

Kirilenkoning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan kun davomida yana Avdeyevkada bir fuqaro halok bo‘lgan, Zakotnoye qishlog‘ida yana bir fuqaro yaralangan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 6 iyul kuni Rossiya Ukraina g‘arbidagi Lvov shahriga raketa zarbasi uyushtirgandi. Oqibatda 9 kishi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing