Rossiya Lvovga raketa hujumi uyushtirdi

Olam

image

Ukraina g‘arbidagi Lvov shahriga Rossiya raketa zarbasi uyushtirdi va oqibatda to‘rt kishi halok bo‘ldi. Bu haqda bugun, 6 iyul kuni “Reuters” xabar berdi. 

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy internetga bir daqiqalik videoni joylashtirgan. Unda tomi va yuqori qavatlari vayron bo‘lgan, derazalari sindirilgan binolar tasvirlangan.

“Afsuski, yaradorlar va halok bo‘lganlar bor. Ulfrning oilalariga hamdardlik bildiraman. Dushmanga, albatta, javob bo‘ladi. Bu sezilarli bo‘ladi”, degan Zelenskiy.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi halok bo‘lganlar sonini to‘rt kishiga yetganini va 32 kishi, jumladan, bir bola yaralanganini ma’lum qilgan. Favqulodda xizmatlar vayronalar ostidan yetti kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lganini va yana 64 kishini evakuatsiya qilganini bildirgan.

Shahar meri Andrey Sadoviy buni Lvovdagi fuqarolik infratuzilmasiga qarshi 16 oydan ortiq davom etgan urush davomida qilingan eng yirik hujum deb atagan. U bir necha turar joy, ofis markazi, talabalar kampusi va maktab zarar ko‘rgani, yuzlab xonadonlarning derazalari sindirilgani va zarar qimmatga tushganini aytgan.

Ukraina harbiy-havo kuchlari Rossiya Qora dengizdan otilgan “Kalibr” raketalari bilan Lvovga hujum qilganini ma’lum qilgan. Aytilishicha, 10 ta raketadan yettitasi urib tushirilgan.

Ma’lumot uchun, Lvov shahri frontdan uzoqda va NATO a’zosi bo‘lgan Polsha bilan chegaradan 70 km uzoqlikda joylashgan. Shaharda 2022 yil fevralida Rossiyaning keng ko‘lamli bosqinidan oldin 700 mingga yaqin aholi istiqomat qilgan. Urush boshlanganidan beri aholi soni ko‘paygan, chunki ko‘plab odamlar mamlakatning boshqa hududlaridagi janglar va havo hujumlari ortidan shu yerga ko‘chib kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Zelenskiy L'vov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing