Rossiya kutubxonalari birdan Trampning kitoblarini sotib olishni boshladi

Olam

image

Rossiyaning qator viloyatlaridagi davlat kutubxonalari AQSH Prezidenti Donald Trampning va u haqidagi kitoblarni xarid qilishni boshladi. Bu haqda davlat xaridlari portalida chop etilgan buyurtma raqamlariga tayanib, 21 may kuni “Moskovskiy komsomolets” gazetasi xabar berdi.

Jurnalistlar Chelyabinsk viloyati Magnitogorsk shahar kutubxonalari assotsiatsiyasining Trampning “Chempion kabi o‘yla. Magnatning hayot va biznes haqidagi qarashlari” kitobini va Boyqo‘ng‘ir kutubxonachilari esa “ Bitim san’ati” kitobini buyurtma berganini aniqladi.

Bundan tashqari, kutubxonalar rossiyalik mualliflarning Amerika Prezidenti haqidagi kitoblariga buyurtma bermoqda.

Masalan, Irkutsk viloyatining Sayansk shahridan Aleksandr Nemirovning “Donald Tramp. O‘ziga xos begona” tarjimai holi, Chelyabinskdan – Igor Prokopenkoning “Qarama-qarshi rahbarning portreti” kitobi uchun so‘rov kelib tushgan. Shunga o‘xshash buyurtmalar Noviy Urengoy, Yakutiyaning Namskiy Ulus va Tver viloyatining Bejetsk shahridan olingan.

Kutubxonalar tushuntirishicha, Tramp 2024 yil noyabrida prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonganidan so‘ng u yozgan kitoblar va uning tarjimai holiga qiziqish ortgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Rossiya Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing