Rossiya kuchlari Qorabog‘da 70 gektar yerni minalardan tozaladi
Olam
−
10 dekabr 2020
2935Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ hududidagi 70 gektardan ortiq yer va 23 kilometrdan ortiq yo‘lni minalardan tozaladi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
“Tog‘li Qorabog‘dagi muhandislik bo‘linmalari tomonidan jami 70 gektardan ziyod yer maydonlari tozalangan, 23 kilometrdan ortiq yo‘l, 157 ta uy va ijtimoiy ob’ektlar, 4500 dan ortiq portlovchi vositalar topilib, zararsizlantirildi”, deyiladi xabarda.
Vazirlikning aniqlik kiritishicha, so‘nggi bir kun ichida 5 gektarga yaqin hudud, 24 ta bino va 500 metr yo‘l tozalangan. Natijada oltita portlatilmagan o‘q-dorilar yo‘q qilingan.
Avvalroq 1 dekabr kuni vazirlik Rossiyaning tinchlikparvar kuchlari Qorabog‘dagi 1000 ga yaqin portlovchi moslamalarni zararsizlantirgani haqida xabar bergan edi. O‘sha paytda atigi 29 gektar yer maydoni va 10 kilometrga yaqin yo‘l tozalangan.
Armaniston Bosh vaziri, Rossiya, Ozarbayjon rahbarlari tomonidan imzolangan Tog‘li Qorabog‘ to‘g‘risidagi sulh bitimiga binoan, Rossiya tomoni to‘qnashuv zonasiga 1960 nafar tinchlikparvar kuchlar va 552 ta texnikani yuborishga va’da berdi. Tinchlikparvar kontingent 20 noyabr kuni to‘liq tarkib bilan hududga kiritildi. Harbiylar sulh bitimiga rioya qilinayotganini keyingi besh yil davomida kuzatib boradi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 noyabr kunidan boshlab, Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘ni minalardan tozalashni boshlagan edi.
LiveBarchasi