Rossiya Koreya yarim oroliga yangi inqiroz yaqinlashayotganini bildirdi

Olam

image

Koreya yarim orolidagi harbiy-siyosiy keskinlashuv bu mintaqada yangi inqiroz yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Georgiy Zinovev Sharqiy iqtisodiy forum doirasida aytib o‘tdi.

“Koreya yarim orolidagi voqealar dinamikasi yangi inqiroz yaqinlashayotganidan dalolat beradi. Buning yaqqol belgisi harbiy-siyosiy taranglikning kuchayishi va asosiy urishayotgan tomonlar – KXDR, AQSH va uning Koreya Respublikasi hamda Yaponiya vakili bo‘lgan ittifoqchilari o‘rtasidagi jangovar ritorikaning kuchayishidir. O‘tgan yildan beri biz subregionda harbiy faollik kuchayganini kuzatmoqdamiz”, deydi diplomat.

Shu tariqa, Zinovev mintaqada misli ko‘rilmagan miqyosdagi harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganiga, Qo‘shma Shtatlar ko‘plab harbiy texnika va harbiy xizmatchilardan foydalanishdan tashqari, Koreya yarim oroli atrofida o‘zining strategik imkoniyatlarini to‘playotganini iddao qilgan.

“Masalan, 1981 yildan beri birinchi marta yadroviy qurolli ballistik raketalarga ega Amerikaning “Kentukki” suv osti kemasi Janubiy Koreya suvlarida paydo bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSH, Koreya Respublikasi va Yaponiya o‘rtasida raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha uch tomonlama mashg‘ulotlar tez-tez o‘tkazilmoqda, ular tegishli kelishuvlar doirasida muntazam ravishda o‘tkazilmoqda”, deydi Zinovev .

Uning qo‘shimcha qilishicha, uch davlat o‘rtasida real vaqt rejimida Shimoliy Koreya raketalarini uchirish bo‘yicha razvedka ma’lumotlarini almashish mexanizmi o‘rnatilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya KXDR Koreya yarim oroli

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing