Rossiya-KXDR ittifoqiga Belarus ham qo‘shilmoqchi
Olam
−
15 Sentabr 2023
4583Bugun, 15 sentyabr kuni Rossiyaning Sochi shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat boshlanishida Rossiya rahbari mavqedoshini KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuvi haqida xabardor qilishini aytgan.
“Yaqinda men KXDR rahbari bilan uchrashdim, bu haqda bilasiz. Men sizga mintaqadagi vaziyat bo‘yicha muhokama qanday o‘tgani haqida ma’lumot bermoqchi edim”, degan Putin.
O‘z navbatida, Lukashenko Putinga uch tomonlama hamkorlik haqida o‘ylashni taklif qilgan.
“Siz va Kim Chen Inni “Vostochniy” kosmodromida ko‘rish juda quvonarli. Chunki o‘zim ham u yerda bo‘lganman. Biz siz bilan bu kosmodromga avvalroq tashrif buyurganmiz. O‘ylaymanki, biz uch tomonlama hamkorlik haqida o‘ylashimiz kerak. Shimoliy Koreya, Rossiya... Bilaman, koreyslar bunga katta qiziqish bildirmoqda. O‘ylaymanki, Belarusga ham hamkorlikda ish topiladi”, degan Lukashenko.
Vladimir Putin esa KXDR rahbari bilan uchrashuvida mintaqadagi holat va “eng dolzarb masala” – Ukraina inqirozi atrofidagi vaziyatni muhokama qilganini aytgan.
Ma’lumot uchun, Lukashenko va Putin oxirgi marta joriy yilning 23 iyulida Sankt-Peterburgdagi Konstantinovsk saroyida uchrashgan, ertasi kuni esa ular Valaam oroliga borgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 sentyabr kuni Shimoliy Koreya yetakchisi Rossiyada Prezident Putin bilan ko‘rishgandi.
Uchrashuv haqida tayyorlangan videoni QALAMPIR.UZ'ning YouTube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin
LiveBarchasi