Rossiya Kiyevga yana hujum uyushtirdi
Olam
−
09 may 2023
14027Bugun, 9 may kuni Rossiya Ukraina poytaxtiga 15 ga yaqin qanotli raketalar uchirdi. Havo hujumidan ogohlantirish signali eshitilgach, mudofaa tizimlari mamlakatning ko‘p qismida ularning barchasini urib tushirgan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Frontda bo‘lgani kabi, tajovuzkorning rejalari ham barbod bo‘ldi”, degan Kiyev shahar harbiy ma’muriyati rahbari Sergey Popko Telegram-kanalida.
Bugungi hujumlar may oyidagi beshinchisi bo‘lib, u 1945 yilda fashistlar Germaniyasi mag‘lubiyatining 78 yilligi munosabati bilan Rossiyada keng nishonlanadigan davlat bayramlaridan biri bo‘lgan G‘alaba kuniga to‘g‘ri kelgan.
“Ular shu kuni imkon qadar ko‘proq tinch aholini o‘ldirishga harakat qilishadi”, deb yozgan Popko.
Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar Kaspiy dengizi hududidan amalga oshirilgan raketalar hujumidan hech kim jabr ko‘rmaganini ko‘rsatgan.
Biroq Kiyev meri Vitaliy Klichko poytaxtning janubi-g‘arbidagi Xolosiivskiy tumanida uy ustiga raketa qoldiqlari qulab tushganini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, Kiyev markazining Shevchenkivskiy tumanida tez-tez nishonga olinadigan yo‘lda ham qoldiqlar topilgan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 may kuni ham Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa shaharlariga hujumlarni kuchaytirib, uchuvchisiz samolyotlar va raketalar bilan havo hujumlari to‘lqinini boshlagandi.
LiveBarchasi