Rossiya Kiyevga kamikadze-dronlar bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bosqinining 236-kunida rus qo‘shinlari qo‘shni davlatning bosib olingan aholi punktlarini nazorat ostida ushlab turishga harakat qilishda davom etmoqda. Ukraina Qurolli Kuchlari va hududiy mudofaa bo‘linmalari agressiyaga qarshilik ko‘rsatmoqda.

Ukraina hududi bo‘ylab ertalabki Kiyevga uyushtirilgan dronlar hujumlari hamda Dnepropetrovsk va Sumi viloyatlariga raketa zarbalaridan so‘ng havo ogohlantirishi e’lon qilindi. Ukraina poytaxtida havo hujumi 3 soat 8 daqiqa davom etdi, yao‘nggi zarbalar soat 9:31 da berildi. Erta tongda signal qabul qilingani sababli, dushanba kuni Kiyevdagi barcha ta’lim muassasalari masofaviy ish rejimiga o‘tkazildi.

Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga ko‘ra, Kiyevga ertalab hujum qilgan kamikadze-dronlarning barchasi poytaxtga janubdan uchib kelgan. Tonggi soatlarda jami 37 ta dron (soat 07:00 ga qadar – 26 va keyinroq yana 11 ta) urib tushirilgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Kiyev ko‘chalarida harbiylan va fuqarolar dronlarni urib tushirayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Hujumlarda bir kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Uch kishi shifoxonaga yotqizilgan. Shaharda ko‘p qavatli uylar ham vayron bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya hujumi oqibatida Zaporoje atom elektr stansiyasi yana quvvatsizlandi, deb xabar berdi Energoatom matbuot xizmati. 

“Soat 03:59 da Zaporoje AESning 750 kV kuchlanishli oxirgi aloqa liniyasi– Dneprovskaya uzildi. Vaqtinchalik jarayonda qisqa muddatli kuchlanishning pasayishi tufayli ZAES yordamchi transformatori o‘chirildi va dizel generatorlari ishga tushirildi”, deyiladi xabarda.

Xarkov va viloyatning bir qismi elektr energiyasisiz qoldi, deb xabar berdi “Xarkovoblenergo” AJ matbuot xizmati. Energetika xodimlari elektr ta’minotini tiklash ustida ishlamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

470

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made