Rossiya Kiyevga dronlar bilan hujum qildi
Olam
−
02 iyul 2023
13666Rossiya 2 iyulga o‘tar kechasi so‘nggi 12 kun ichida Eron dronlari yordamida Ukraina poytaxti Kiyevga birinchi hujumni amalga oshirdi. Bu haqda shahar harbiy boshqarmasi rahbari Sergey Popko ma’lum qildi.
Popkoning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev havo hududidagi barcha nishonlar aniqlangan va yo‘q qilingan. qurbonlar va zararlar haqida ma’lumot yo‘q.
“Reuters” bilan suhbatlashgan guvohlar havo hujumidan mudofaa tizimi nishonlarni urib tushirganidagi tovushlarni eshitganini tasdiqlagan.
O‘z navbatida Ukrainaning “Liga net” internet nashri Kiyevga uchirilgan Shahed dronlari Kubandan uchirilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozmoqda.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondonligining aniqlik kiritishicha, Rossiya qo‘shinlari kechasi Ukraina hududiga sakkizta Shahed-136/131 hujumchi uchuvchisiz samolyoti va uchta “Kalibr” qanotli raketalarini uchirgan.
Kiyev va uning atrofida havo ogohlantirishi e’lon qilingan.
LiveBarchasi