Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga raketa va dron bilan hujum qildi

Olam

image

Rossiya Kiyev va Ukrainaning boshqa hududlariga raketa va uchuvchisiz samolyotlar bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy havo qo‘mondonligi xabar berdi. 

Keltirilishicha, mamlakat Qurolli kuchlari Rossiyaning beshta raketa va 24 ta uchuvchisiz samolyotini urib tushirgan. Ushbu harbiy texnikalar Rossiya harbiylari tomonidan Saratov viloyatidan Tu-95 MS strategik aviatsiya samolyoti orqali uchirilgan to‘rtta X-101/X-555 qanotli raketalari hamda bitta “Iskander-M” ballistik raketasi bo‘lgan. 

Shuningdek, Tambov viloyatidan uchirilgan bitta X-47M2 "Kinjal" aeroballistik raketasi hamda Yeysk va Primorsko-Axtarskdan uchirilgan "Shahed-131/136" tipidagi 24 ta hujumchi dron ham bo‘lgan. Buning uchun havo mudofaasi Kiyev, Dnepropetrovsk, Zaporoje, Poltava, Xarkov va Vinnitsa viloyatlarida ishlagan.

Ma’lum qilinishicha, Kiyevda havo hujumi haqida ogohlantirish taxminan ikki soat davom etgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida qurbonlar va vayronalar mavjudligi qayd etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy so‘nggi besh kun ichida Ukrainaga kamida 500 ta raketa va dron uchirilganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Kiev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made