Rossiya Xersonni tashlandiq zonasiga aylantirmoqchi – Zelenskiy

Olam

image

Rossiya qo‘shinlari bosib olingan hududlarda tibbiy asbob-uskunalar, tez yordam mashinalarini o‘g‘irlayapti va shifoxonalarni yopyapti. Bu, birinchi navbatda, ruslar tashlandiq zonasiga aylantirmoqchi bo‘lgan Xerson viloyatiga tegishli. Bu haqda Prezident Vladimir Zelenskiy kechki videomurojaatida aytib o‘tdi.

“Rossiya Xerson viloyatini sivilizatsiyasiz, dunyoning aksariyat mamlakatlarida mavjud bo‘lgan oddiy narsalarsiz zonaga aylantirmoqda. Rossiya kelishidan oldin bu mintaqa, Ukrainaning barcha boshqa hududlari kabi, normal va xavfsiz edi, u yerdagi odamlarga barcha ijtimoiy xizmatlar kafolatlangan edi... U yerda hayot kafolatlangan edi. Hozir esa Rossiya Xerson viloyatini tom ma’noda tashlandiq zonaga aylantirishga harakat qilmoqda”, deydi Ukraina Prezidenti.

Qolaversa, ular bosib olingan hududlardagi butun sog‘liqni saqlash tizimini barbod qilib, shifokorlarga bosim o‘tkazmoqda.

“Bosqinchilar shaharlardagi tibbiyot muassasalarini yopishga, asbob-uskunalar, tez yordam mashinalarini, hamma narsani olib ketishga qaror qilishdi... Ular hali ham bosib olingan hududlarda qolayotgan shifokorlarga Rossiya hududiga ko‘chib o‘tishlari uchun bosim o‘tkazmoqda”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing