Rossiya Xarkovga hujum qildi
Olam
−
28 Oktabr
6316Bugun, 28 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Xarkovga hujum qildi. Shaharning Xolodnogorsk tumanida to‘qqiz qavatli bino vayron bo‘lgan. Bu haqda Xarkov harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov
Uning aytishicha, snaryad turarjoy binosi yoniga tushib, yuqori qavatlar devorlari va deraza oynalariga zarar yetkazgan va yong‘in boshlangan. Xarkov meri Igor Terexovning so‘zlariga ko‘ra, tunda shaharning o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi jabrlangan.
Keyinroq Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmati yetti kishi, jumladan, bir bola jabrlangani haqida xabar berdi.
Kecha, 27 oktyabr kuni kechqurun Rossiya armiyasi Xarkovning uchta tumani – Shevchenkovskiy, Kiyev va Saltovskiyga boshqariladigan bombalar bilan hujum qildi.
KAB bombalarining asosiy ta’siri xususiy sektorda bilindi va uylarning oynalari shikastlandi. Mahalliy hokimiyatga ko‘ra, hujum oqibatida kamida olti kishi jarohatlangan.
Eslatib o‘tamiz, 18 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukraina hududiga 135 ta dron bilan hujum qilgandi. Uchirishlar yana Kursk, Orel va Primorsko-Axtarsk tumanlaridan amalga oshirildi. Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina havo hujumidan mudofaa kuchlari Ukrainaning 14 viloyatida 80 ta dronni urib tushirishga muvaffaq bo‘lgan, elektron urush tizimlarining ishlashi natijasida yana 44 ta dron Ukrainaning bir qator viloyatlarida yo‘q qilingan.
Jasmina Rasulova