Rossiya Xarkovdagi turarjoyga zarba berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

Bugun, 18 avgustga o‘tar kechasi Rossiya dronlari Ukrainaning Xarkov viloyati Industrialniy tumanidagi besh qavatli turarjoy binosiga zarba berdi. Oqibatda 7 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda viloyat harbiy ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov xabar berdi.

Sinegubovga ko‘ra, binoga “Geran-2” turidagi to‘rtta dron hujum qilgan. Birinchi, uchinchi va beshinchi qavatdagi xonadonlar yonib ketgan, uyning ba’zi qavatlari qisman qulab tushgan. Xarkov meri Igor Terexovga ko‘ra, 7 kishining halok bo‘lgani aniqlangan, ular orasida bir oila – ota-ona, buvi, 16 yoshli o‘smir va 1,5 yoshli bola ham bor. Shuningdek, 18 kishi jarohat olgan. Shu uyda yashovchi bir nechta fuqaro bedarak yo‘qolgan.

“Xarkovga ertalabki terrorchilik hujumi oqibatida vayronalar ostidan yana bir qurbonning jasadi chiqarib olindi. Endi halok bo‘lganlar soni yettiga yetdi”, deb yozdi Terexov.

Sinegubovning aytishicha, ular vayronalar ostida bo‘lishi mumkin, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Keyinroq, Rossiya dronlari va “Iskander-M” raketasi hujumi oqibatida jarohat olganlar 30 kishiga yetgan. Shaharda 19 ta ko‘p qavatli uy va 25 ta avtomobil shikastlangan.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 18 avgustga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Odessa shahridagi infratuzilma ob’ektiga, xususan, Ozarbayjon kompaniyasiga tegishli SOCAR kompaniyasiga zarba bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Xar'kov Oleg Sinegubov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing