Rossiya yana Ozarbayjon ob’ektiga zarba berdi – OAV (video)

Olam

image
Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin north_east

Ozarbayjon Ukrainaga qurol yetkazib berishi mumkin

Bugun, 18 avgustga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaning Odessa shahridagi infratuzilma ob’ektiga zarba berdi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, ob’ekt Ozarbayjonga tegishli. Ukraina Favqulodda vaziyatlar xizmati hujumni tasdiqladi, ammo uning kimga tegishli ekani haqida ma’lumot bermadi.

“Yoqilg‘i-energetika infratuzilmasi ob’ektida yirik yong‘in yuz berdi. 100 dan ortiq qutqaruvchilar, ko‘ngillilar, yong‘in brigadalari oqibatlarni bartaraf etdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q”, deyiladi xabarda.

Shundan so‘ng, qator OAVda gap Ozarbayjon kompaniyasiga tegishli ob’ekt haqida ketayotganiga oid ma’lumot paydo bo‘ldi. Xususan, bu haqda Ukrainaning “Strana” nashri xabar tarqatdi.

“Odessada zarbalardan keyin “Novaya pochta”, shuningdek, Ozarbayjonning SOCAR kompaniyasi terminallari yonmoqda”, deb yozadi nashr.

Keyinroq, UNIAN nashri ham SOCAR’ga zarba berilgani haqida xabar berdi. Ma’lumotni Ozarbayjonning “Oxu.az” nashri ham e’lon qildi.

“Rossiya “Shahed”lar bilan SOCAR'ga zarba berib, barcha 17 ta rezervuarni yo‘q qildi. Bu ketma-ket to‘g‘ridan to‘g‘ri zarbalar edi, shundan so‘ng yong‘in yuzaga keldi. 17 ta rezervuar, nasos stansiyasi binosi, operatorlik xonalari va texnik xonalar shikastlandi, to‘siq vayron qilindi. Ushbu neft bazasining saqlash hajmi 16 ming kub metrdan ortiq”, deb yozadi “Oxu.az”.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Biroq Rossiya OAV hozircha Ukrainadagi Ozarbayjon ob’ektlariga hujum haqida xabar bermadi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 10 avgust kuni Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy bilan suhbatlashgani xabar qilingandi. Telefon orqali bo‘lgan suhbat davomida Ukrainadagi Ozarbayjonga tegishli energetika ob’ektlariga Rossiyaning hujumlari qoralangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ozarbayjon Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing