Rossiya kemasi O‘rtayer dengizida halokatga uchradi
Olam
−
24 dekabr
3369Rossiyaning “Ursa Mayor” yuk kemasi O‘rtayer dengizida Ispaniya va Jazoir o‘rtasida cho‘kib ketdi. Bu haqda “La Verdad” xabar berdi.
Rossiyaning “Ursa Mayor” yuk kemasi O‘rta yer dengizida Ispaniyaning Agilas va Jazoirning Oran shahri oralig‘ida cho‘kib ketgan. OAV xabarlariga ko‘ra, bortdagi 16 dengizchidan 14 nafari Kartagena portiga olib ketilgan. Yana ikkitasi bedarak yo‘qolgan.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya harbiy kemasi qutqaruv operatsiyasini, shuningdek, bir hududda harakat qilayotgan bir nechta kemani nazoratga olgan. Keyinroq ularga Ispaniya dengiz floti patrul kemasi qo‘shilgan.
Qayd etilishicha, “Ursa Mayor” yuk tashuvchisi Sankt-Peterburgdan Vladivostokka 2025 yil 22 yanvarda yetib borishi kerak bo‘lgan. Kema u yerga har biri 380 tonnalik port kranlarini yetkazib berishi kerak bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 15 dekabr kuni Rossiyaning neft tankerlaridan biri og‘ir bo‘ron vaqtida Kerch bo‘g‘ozida ikkiga bo‘linib ketgan va uning ichidagi neft suvga to‘kilgandi. Favqulodda vaziyatlar xizmati birinchi tankerning halokatida bir kishi vafot etgani, yana 12 kishining evakuatsiya qilinganini ma’lum qilgan.
LiveBarchasi