Rossiya kemasi Germaniya vertolyotini o‘qqa tutdi
Olam
−
04 dekabr
3356Boltiq dengizida Rossiya kemasi va Germaniya havo kuchlari vertolyoti o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bu haqda bugun, 4 dekabr kuni Bryusselda o‘tgan NATO Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida Germaniya TIV rahbari Annalena Berbok ma’lum qildi.
Vazirga ko‘ra, Rossiya kemasi ekipaji Germaniya armiyasiga tegishli bo‘lgan vertolyotga signalli o‘q-dorilarni otishni boshlagan.
Sammit davomida u Rossiya va uning ittifoqchilarini bunday ob’ektlarga gibrid hujumlar sonini ko‘paytirishda ayblagan, shuningdek, favqulodda vaziyatlarda signal o‘q-dorilaridan foydalanish keng tarqalganini qo‘shimcha qilgan. Shu bilan birga, vazir Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli sanksiyalarni chetlab o‘tishda ishtirok etadigan kemalar Boltiq dengizida yurishini ham qo‘shimcha qilgan.
Qolaversa, Berbok Boltiq dengizidagi quvurlar va tarmoq kabellarini kuzatishni kuchaytirish, muhim infratuzilmani himoya qilish uchun patrullarni kengaytirish zarurligi haqida gapirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Annalena Berbok o‘t ochishni to‘xtagan taqdirda nemis tinchlikparvar kuchlarini Ukrainaga yuborishni istisno etmagandi. Vazirning fikricha, nemis askarlari tinchlikni ta’minlash uchun ishlatilishi mumkin.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr