Rossiya kelajakda sulhni buzsa, Ukraina NATOga avtomatik qabul qilinishi mumkin

Olam

image
Ukrainada Trampga va’da qilingan metall zaxiralari yo‘q – “Bloomberg” north_east

Ukrainada Trampga va’da qilingan metall zaxiralari yo‘q – “Bloomberg”

AQSH Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati agar Rossiya kelajakdagi tinchlik kelishuvini buzsa, Ukrainani avtomatik ravishda NATOga qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, NBC News xabar berdi.

Manbalarga ko‘ra, bu Kiyev talab qilayotgan xavfsizlik kafolatlaridan biri bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ushbu variant Ukraina va Yevropa Ittifoqining asosiy tashvishlaridan birini bartaraf etishga qaratilgan, ya’ni Rossiya sulhdan foydalanib, kuchlarini qayta to‘plash va yangi hujumga tayyorgarlik ko‘rishi ehtimoli mavjud.

Biroq Tramp avval Ukrainani NATOga qabul qilish rejasi yo‘qligini bildirgan edi. Uning fikricha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush aynan Jo Bayden Kiyevning alyansga qo‘shilishi ehtimolini tilga olganidan keyin boshlangan.

“Bayden buni aytishi bilan Rossiya urushishga qaror qildi”, degan edi AQSH Prezidenti.

Shu bilan birga, AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Putin butun Ukrainani bosib olish maqsadidan hali ham voz kechmagan. U hozirgi muzokaralarni armiyasini tiklash va o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun vaqt yutish strategiyasi sifatida ishlatishi mumkin. Agar Putin o‘t ochishni to‘xtatishga yoki vaqtinchalik tinchlik shartnomasiga rozi bo‘lsa ham, bu faqat vaqt yutish harakati bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, AQSH tomonidan Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari berilishi qimmatbaho metallar bitimi bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda. NBC News ma’lumotlariga ko‘ra, bu kelishuv hozircha to‘xtatilgan. Tramp ilgari Ukrainani kelishuvni buzishda ayblagan, biroq bitimni “jonlantirish” niyatida ekanini bildirgan. “Reuters” manbalariga ko‘ra, hozir AQSH Ukraina bilan foydali qazilmalarni qazib olish bo‘yicha “soddalashtirilgan” bitim imzolashni rejalashtirmoqda. Keyinchalik, tomonlar kelishuv tafsilotlarini, xususan, Ukrainaning qaysi tabiiy resurslari AQSHga tegishli bo‘lishini muhokama qilishlari kutilmoqda.

Avvalroq, Vashington Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga AQSHga barcha foydali qazilmalar qazib olishdan tushgan daromadning 50 foizi va yangi beriladigan litsenziyalarning 50 foizidan foyda olish huquqini beruvchi shartnomani imzolashni taklif qilgan. Biroq Zelenskiy bunday shartlarga rozi bo‘lmagan, chunki kelishuvda Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlari ko‘zda tutilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 12 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tramp bilan telefon orqali suhbatlashib, Moskva mojaroni keltirib chiqargan “asosiy sabab” yo‘q qilinishi kerakligi va Ukrainani qayta qurollantirish imkonini beruvchi sulhga rozi emasligini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

NATO Rossiya Rossiya-Ukraina Ukraina sulh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing