Rossiya Kanadadan o‘chini oldi
Olam
−
10 dekabr 2022
36977Rossiya rasmiy Ottavaning sanksiyalariga javoban Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan Kanadaning 200 nafar fuqarosini qora ro‘yxatga kiritdi. Bu haqda kecha, 9 dekabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi tarqatgan bayonotda aytiladi.
“Rasmiy Ottava tomonidan rossiyalik amaldorlar, harbiylar, sudyalar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va jamoat arboblariga nisbatan qo‘llagan shaxsiy sanksiyalariga javoban, 200 nafar Kanada fuqarosi uchun kirish o‘zaro kelishuv asosida yopildi”, deyiladi Rossiya TIV bayonotida.
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi veb-saytida ism-shariflar ro‘yxati e’lon qilindi, unda ishtirok etgan shaxslar doimiy ravishda Rossiyaning “stop ro‘yxati”ga kiritilgan. Ular orasida oliy mansabdor shaxslar, nafaqadagi va amaldagi deputatlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, ekspert doiralari vakillari bor.
Rossiya Federatsiyasi hududiga noma’lum muddatga kirishi taqiqlangan Kanada fuqarolarining to‘liq ro‘yxati 1204 kishini o‘z ichiga oladi.
Kanada sanksiyalari haqida
Kanada hukumati 9 dekabr kuni Rossiya, Eron va Myanmaning jismoniy yoki yuridik shaxslariga nisbatan “inson huquqlarini buzganlik”da ayblab, yangi sanksiyalar joriy qildi. Ukrainadagi maxsus operatsiyaga qarshi chiqqan rossiyaliklarga qarshi “inson huquqlarini tizimli ravishda buzish”da ishtirok etgan Rossiyaning 33 nafar yuqori martabali amaldagi yoki sobiq amaldori va oltita tashkiloti sanksiya ostida qoldi.
Kanada shuningdek, Erondagi 22 kishiga, jumladan sud va jazoni ijro etish tizimlarining yuqori martabali vakillari, huquq-tartibot idoralari va Eron davlat ommaviy axborot vositalarining ba’zi arboblari, shuningdek, siyosiy doiralar vakillari, jumladan, Eron Islom Respublikasi oliy rahbarining maslahatchilariga nisbatan cheklov choralarini qo‘lladi.
Eron va Rossiyadan tashqari, Kanada Myanmaning 12 jismoniy shaxsi va harbiylar bilan aloqador bo‘lgan uch tashkilotga ham sanksiya qo‘ygan.
LiveBarchasi