Rossiya qudratli davlat – Erdo‘g‘an
Olam
−
12 noyabr 2022 13061 1 daqiqa
Rossiya Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligida unga deyarli cheksiz hujum qilayotgan G‘arbga qarshilik ko‘rsatmoqda. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekistondan qaytayotganda samolyot bortida turk ommaviy axborot vositalariga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
“Rossiya oddiy davlat emas, bu qudratli davlat. Albatta, Amerika boshchiligidagi G‘arb Rossiyaga deyarli hech qanday cheklovlarsiz hujum qilmoqda. Bularning barchasi oldida Rossiya, albatta, qarshilik ko‘rsatmoqda”, degan Erdo‘g‘an.
Turkiya yetakchisi yaqin kunlarda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralar o‘tkazishga umid qilayotganini ham ma’lum qilgan.
“Aslida, u (Putin) bilan so‘nggi uchrashuvim chog‘ida men unga (G20 sammiti uchun) Indoneziyaga kelishi maqsadga muvofiq, degan fikrda ekanligimni aytdim. Keyin ular Tashqi ishlar vaziri (Sergey Lavrov) Indoneziyaga keladi, degan qarorni chiqarishdi. Mana shu 2-3 kun ichida men u bilan bog‘lana olsam, u bilan gaplashish imkoniga ega bo‘laman. U nima haqida o‘ylaydi? Qanday qadamlar tashlaydi? Qanday qadamlar qo‘yishi mumkin?”, degan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya rahbari joriy yilning 10-11 noyabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkiloting sammitiga ishtirok etgan edi.