Rossiya Qrim osmonida 36 ta dronni yo‘q qildi
Olam
−
05 yanvar
6615Kecha, 4 yanvar kuni kechqurun Rossiya havo hujumidan mudofaa kuchlari anneksiya qilingan Qrim hududi uzra 36 ta Ukraina dronlarini yo‘q qildi va tutib oldi. Bu haqda bugun, 5 yanvar kuni Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Krasnodar o‘lkasi hududida ham yana bir Ukraina droni tutib olingan. Rossiya Mudofaa vazirligi boshqa tafsilotlarni keltirmagan.
Kecha, 4 yanvar kuni tushdan keyin Rossiya Mudofaa vazirligi anneksiya qilingan Qrimga Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujumga urinish bostirilgani haqida e’lon qildi. Vazirlikning ma’lum qilishicha, Rossiya havo mudofaasi yarimorol uzra o‘nta boshqariladigan raketani urib tushirgan.
Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshchuk esa Sevastopol va Yevpatoriyadagi portlashlarni Ukraina kuchlarining “operatsiyasi” deb atadi va Ukraina Harbiy-havo kuchlari uchuvchilariga minnatdorlik bildirdi. Ukraina Qurolli kuchlari strategik qo‘mondonligining da’vo qilishicha, hujum Sevastopol yaqinidagi Rossiya harbiy qismining qo‘mondonlik punktiga qilingan.
LiveBarchasi