Rossiya Qozog‘istonning yangi taqiqi sabab YeOIIga shikoyat qildi

Jamiyat

image

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi komissiyasi (YeIIK)Qozog‘istonning harakatlarida raqobatni buzish holatlarini qayd etdi. Bu haqda RBK xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston yoz boshidan beri Rossiyaga qora metall yetkazib berishni to‘xtatib qo‘ygan, ammo tayyor mahsulot eksporti davom etgan. YeIIK rasmits Nur-Sulton shu tariqa ittifoq doirasida tovar, xizmat va kapitalning erkin aylanishiga to‘sqinlik qilgan deb hisoblamoqda.

Komissiya xulosasiga ko‘ra, iyun oyida “KTJ-Gruzoviye perevozki” (“Qozog‘iston temir yo‘llari”ning sho‘’ba shirkati) noma’lum muddatga metall eksporti uchun keladigan poyezdlarni qabul qilmaslik haqida qaror chiqargan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qozog‘istondan Rossiyaga yiliga bir million tonnaga yaqin metall eksport qilingan. May oyida eksport uch baravar kamayib ketgan. Iyunda esa butunlay to‘xtagan. Bu rasmiy Moskvaning noroziligiga sabab bo‘lgan. Uzilishlar sabab Rossiyada xomashyo yetishmovchiligi yuzaga kelgan. Qozoq metalining asosiy iste’molchisi bo‘lgan Magnitagorsk metallurgiya kombinati Rossiya Sanoat va savdo vazirligiga murojaat qilgan.

Natijada rasmiy Moskva YeIIKdan bu masalani ko‘rib chiqishni so‘ragan. Qozog‘iston tomoni metall eksportiga taqiq o‘rnatilganini rad qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-O'zbekiston

Baholaganlar

424

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing