Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshirmoqchi
Olam
−
26 dekabr 2022
10741Rossiya Qozog‘iston va O‘zbekiston ichki bozorlari uchun gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini ushbu mamlakatlarda shu turdagi yoqilg‘i iste’moli ortishi fonida muhokama qilmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak ma’lum qildi.
“Shuningdek, Qozog‘iston va O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bilan ularning ichki bozoriga gaz yetkazib berish hajmining o‘sishini muhokama qilmoqdamiz, chunki ularning iste’moli ortib bormoqda”, deydi u.
Bundan tashqari, Novak Rossiya Ozarbayjon bilan o‘zining ichki iste’moli uchun gaz yetkazib berish hajmini oshirishga kelishib olganini va kelajakda “svop” (o‘zaro ayirboshlash – tahr.) yetkazib berishni muhokama qilishi mumkinligini aytdi.
"Ozarbayjon bilan yetkazib berish hajmini oshirish bo‘yicha kelishuv mavjud, chunki ularda gaz yetishmovchiligi hamon bor. Kelajakda ular gaz qazib olishni ko‘paytirganda,biz almashinuvni muhokama qilishimiz mumkin", deydi u.
15 noyabr kuni “Gazprom” Ozarbayjonga yangi shartnoma asosida gaz yetkazib berishni boshladi va unga ko‘ra 2023 yil martigacha 1 milliard kub metrgacha gaz yetkazib beradi. 2021 yilda Ozarbayjon va Rossiya tabiiy gazni mavsumiy almashinuvi sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida kelishib oldilar: 2023 yilgacha amal qiladigan shartnoma yozgi mavsumda Ozarbayjondan Rossiyaga gaz yetkazib berishni, shuningdek, qish mavsumida Rossiyadan Ozarbayjonga xuddi shunday hajmdagi gazni yetkazib berishni nazarda tutadi.
Shuningdek, Novakning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasidan Xitoyga gaz yetkazib berish yiliga 100 milliard kub metrga yetishi mumkin, Rossiya Federatsiyasi ham Turkiya orqali ularni ko‘paytirishi ko‘zda tutilgan.
“Agar quvur gazi haqida gapiradigan bo‘lsak, unda asosiy iste’molchi Xitoy hisoblanadi. Rejalashtirilgan loyihalarni hisobga olsak, yetkazib berish yiliga 100 milliard kub metrga yetishi mumkin. Turkiya orqali gaz eksportini oshirish ham mumkin, deydi Bosh vazir o‘rinbosari.
Xabaringiz bor, joriy yilning 28 noyabr kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Qosim-Jomart To‘qayev o‘rtasida Kremlda uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida Qozog‘iston Prezidentining ma’lum qilishicha, Putin To‘qayevga Rossiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston ittifoqini tuzishni taklif qilgan. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, Putin To‘qayevga uch davlatning gaz bo‘yicha ittifoqini tuzish rejalarini aytgan va bu masala O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qo‘ng‘iroq qilish niyati borligini bildirgan.
8 dekabr kuni O‘zbekiston Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekistonning boshqa mamlakatlar bilan energetika sohasida hamkorlikka kirishi mamlakat ichidagi iste’mol talabi bilan bog‘liqgini aytib chiqdi.
"Bunda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda, o‘zimizning energiya tarmoqlarni kimgadir berib yuborish orqali emas, oldi-sotdi, tijoriy shartnomalar asosida hamkorlik qilish bo‘yicha muzokaralar olib borilyapti", degan edi vazir.
Oradan ko‘p o‘tmay, Rossiya Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham bayonot bilan chiqib, gaz ittifoqini tuzishda hech kim siyosiy shartlar qo‘ymayotgani, ittifoq tuzish g‘oyasi kontekstida bu gap yo‘qligini aytdi.
LiveBarchasi