Rossiya-Qozog‘iston chegarasida to‘plangan o‘zbekistonliklar Vatanga qaytarilyapti

Jamiyat

image

Rossiyaning Qozog‘iston bilan chegaradosh Samara viloyatiga to‘plangan 350 nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 6 iyun kuni Vatanga qaytarildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi 300 nafar atrofidagi uyiga qaytishni xohlovchi o‘zbekistonlik chegara yopiqligi sababli Orenburg va Samara viloyatida qolib ketayotganini ma’lum qilgandi.

“6 iyun kuni 367 nafar O‘zbekiston fuqarosi Samara viloyati hududini tark etdi. Ularning barchasi Qozog‘iston bilan chegaradagi “Mashtakovo” (Orenburg viloyati) o‘tkazish punktidan o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

Qozog‘istonda o‘zbekistonliklarni Vatanga qaytarish uchun avtobuslar kutib turgan bo‘lgan.

May oyida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Rossiyaning birgalikdagi harakati bilan Orenburg orqali 1,2 ming o‘zbekistonlik RFdan chiqarilib, Vatanga qaytarilgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

o'zbekistonlik

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing